Bizning xizmatlarimiz
Biz O‘zbekiston Respublikasida bizneslar, tadbirkorlar va investorlarga yuridik xizmatlarning to‘liq to‘plamini taklif etamiz

Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik yordam
- Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda maslahat berish;
- Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarni (MChJ), shu jumladan xorijiy (MChJ XK) va/yoki qo‘shma korxonalarni (MChJ QK) ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik yordam ko‘rsatish;

Yuridik audit
- Kompaniya hujjatlari va faoliyatining normativ-huquqiy hujjatlar talablarga muvofiqligini tekshirish;
- Huquqbuzarliklarni aniqlash va xavflarni baholash, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzilish sabablarini aniqlash;

Sudlarda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilish va nizolarni hal etish
- Nizolarni sudgacha/suddan tashqari hal etish;
- Nizolarni xo‘jalik sudlarida hal etishda yuridik yordam ko‘rsatish;

Yuridik autsorsing
- Amaldagi qonun hujjatlarini qo'llash bo'yicha maslahatlar berish;
- Kompaniyalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, qo‘shilish va qo‘shib olish va hokazolar bilan bog‘liq masalalarda yuridik yordam ko‘rsatish;

Shartnomaviy ish
- Xo‘jalik shartnomalarini ishlab chiqish, o‘zgartirish yoki yuridik tahlil qilish;
- Import/eksport shartnomalarini ishlab chiqish, o‘zgartirish yoki yuridik tahlil qilish;

Investitsion loyihalarni yuridik q‘llab-quvvatlash
- Qo‘llaniladigan qonunchilikni tahlil qilish;
- Shartnomalar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;
Siz oladigan natijalar
Hozirgi vaziyatni tushunish
Biz mavjud vaziyatning yuridik tahlilini o‘tkazamiz, shundan so‘ng siz yo‘l qo‘yilgan xatolar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va qonuniy huquq va majburiyatlaringiz haqida bilib olasiz.
Yuridik xavflarni minimallashtirish
Biz sizga yuridik xavflaringizni kamaytirish va minimallashtirishga yordam beramiz.
Yuridik himoyaga ishonch
Biz sizga ko‘rsatadigan qonunning tegishli qoidalariga asoslanib, harakatlaringizning qonuniyligiga ishonchingiz komil bo‘ladi.
Bizning afzalliklarimiz
Shaxsiylashtirilgan yondashuv
Proaktivlik va strategik fikrlash
Mijozlarga e’tibor va sifatli xizmat ko‘rsatish

Biz haqimizda
Bakalavr – Toshkent davlat yuridik universiteti. O‘quv dasturi - Xususiy huquq;
Bakalavr - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. O‘quv dasturi - Iqtisodiyot;
Magistr – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti. O‘quv dasturi - Xalqaro tijorat huquqi.
Biz bilan aloqa